Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident: Maktab o‘quvchilari olgan xalqaro sertifikatlar yakuniy imtihonlarda tan olinadi

Prezident: Maktab o‘quvchilari olgan xalqaro sertifikatlar yakuniy imtihonlarda tan olinadi

Prezidentimiz ta’lim sohasi va yoshlarning yutuqlari haqida so‘z yuritar ekan, har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olayotganini ta’kidladi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili faqat xorijiy tillardangina 150 ming yoshlarimiz bunday sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Endi esa mazkur sertifikatlar maktablardagi yakuniy imtihonlarda ham rasman e’tirof etiladi.

Prezident o‘z nutqida yosh muallimlarning fidoyiligi haqida ham to‘xtalib, ularning ilg‘or tajribalarini alohida qayd etdi.

“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘quvchilarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti. U Buyuk Britaniyaning top-200 talikka kiruvchi Reding universitetini bitirib, yirik idoralar taklifini rad etib, Romitanning chekka qishlog‘ida ingliz tilidan dars bermoqda. Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyati cheklangan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovasion metodika yaratdi. Bu metodika Germaniya va AQShda ham qo‘llanilayotgani bizni quvontiradi”, — dedi davlat rahbari.

Prezident ta’limni bosh maqsad sifatida belgilab, iqtidorli va fidoyi yosh o‘qituvchilar safini kengaytirish uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:29 15.09.2025. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!