Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

YUNISEF: Dunyoda har besh nafar boladan biri ortiqcha vaznga ega

YUNISEF: Dunyoda har besh nafar boladan biri ortiqcha vaznga ega

⚖️ So‘nggi yillarda dunyo endokrinologlari xavotir bilan tilga olayotgan global muammolar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu — bolalarda uchrayotgan semizlik!

🖊 YUNISEF tomonidan kuni kecha e’lon qilingan navbatdagi hisobot shu mavzu tahliliga bag‘ishlangan.

🍔 Unda qayd etilishicha, jahon bo‘yicha ilk bor ortiqcha vaznga ega bolalar soni kam vaznli o‘g‘il-qizlar miqdoridan oshib ketgan. Tadqiqotchilar buni nosog‘lom ovqatlanish rasioni, ya’ni arzon va yuqori kaloriyali mahsulotlar iste’moli ommalashgani bilan bog‘lamoqda.

📊 Xususan, dunyoda 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har besh bola va o‘smirdan biri, boshqacha aytganda, 391 million nafar o‘g‘il-qiz ortiqcha vaznga ega. Ularning bir qismi semizlikdan aziyat chekmoqda.

📈 YUNISEF hisoboti 190 dan ortiq mamlakatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asoslangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2000 yildan beri yuqorida qayd etilgan yosh toifasiga mansub bolalar o‘rtasida semirish darajasi 3 foizdan 9,4 foizga oshgan.

🗺 Bu boradagi rekord ko‘rsatkich Tinch okeanidagi orol-davlatlar — Niue (38 foiz), Kuk orollari (37 foiz) va Nauru (33 foiz) hududiga to‘g‘ri keladi.

🍟 Shu bois mutaxassislar, transyog‘larga to‘yingan “fast-fud”lar, shirinliklar, yuqori kaloriyali oziq-ovqatlar, gazli va rangli ichimliklar o‘rniga ko‘proq tabiiy mahsulotlar, meva-sabzavotlar iste’mol qilish orqali muammoga samarali yechim topish mumkin, degan xulosada.

📲 Qolaversa, bo‘sh vaqtini televizor, kompyuter qarshisida yoki har xil gadjetlarda o‘tkazadigan o‘g‘il-qizlar safi kengayayotgani muammoning yana bir xavotirli omilidir.

‼️ Shundan kelib chiqib, YUNICEF bolalar ovqatlanish rasionini qat’iy nazorat qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash, ayrim yegulik va ichimliklar marketingini cheklash hamda maktablarda ularning sotuvini taqiqlash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Kiritildi: 20:05 11.09.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!