Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko Minskda Trampning vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi va 52 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi — “Meduza”

Lukashenko Minskda Trampning vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi va 52 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi — “Meduza”

"Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Minskda AQSh prezidentining vakili Jon Koul bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular Belarusdagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish masalasini muhokama qildi", deya xabar bermoqda nashr.

"Biz bu odamlarning axloq tuzatish koloniyalarida bo‘lishi tarafdori emasmiz. Qolaversa, ular siyosiy sabablar uchun sudlanmagan. Bizning Jinoyat kodeksimizda bunday moddalar yo‘q. Agar prezident Trampga qiziq bo‘lsa, biz har bir odamning huquqbuzarligi va jinoyati mohiyatini taqdim etishimiz mumkin. Agar Donald Tramp ularning barchasini ozod qilib, olib ketishga tayyorligini bildirsa, marhamat, keling, bu bo‘yicha “global kelishuv” ishlab chiqishga urinib ko‘raylik", — dedi Lukashenko.

Qo‘shma Shtatlarning Vilnyusdagi elchixonasi esa Belarus 52 nafar siyosiy mahbusni ozod qilinganini va ular hozir Litvaga yo‘l olayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:50 11.09.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!