Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarasi bo‘ylab havo hududini yopadi

 Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarasi bo‘ylab havo hududini yopadi

Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarasi bo‘ylab havo hududini yopadi, mamlakat parlamenti esa quruqlik chegarasini yopishni ham istisno qilmayapti.

Polshadan keyin Latviya ham sharqiy chegarasi bo‘ylab havo hududini 11 sentyabr soat 18:00 dan kamida 18 sentyabrgacha yopilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari Latviya mudofaa vaziri Andris Sprudsga tayanib.

Sprudsning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya tomonidan Latviyaga bevosita tahdid yo‘q, biroq mamlakat Polsha havo hududiga dronlar bostirib kirishi bilan bog‘liq holda profilaktik choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Latviya Seymida (parlamenti) Rossiya va Belarus bilan chegarani mazkur ikki davlatning “G‘arb-2025” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari vaqtida to‘liq yopish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 17:01 11.09.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!