AQSh Kongressi a’zosi Jo Uilson (Respublikachi, Janubiy Karolina) Rossiyaga qarshi o‘zaro savdoni cheklovchi Jekson-Venik tuzatishini qayta tiklash bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etganini aytdi.
Bu haqda Jo Uilson X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Qonun chiqaruvchining ta’kidlashicha, u "Rossiyaga qarshi har qanday savdoni to‘xtatuvchi Jekson-Venik tuzatishini qayta tiklash uchun qonun loyihasini kiritgan". Uilson ushbu tuzatishni bekor qilish noto‘g‘ri qaror deb hisoblashini qo‘shimcha qildi. Kongressmenning ta’kidlashicha, u bu taklifni Polsha rasmiylarining dronlar sifatida aniqlangan bir nechta ob’ektlarni yo‘q qilish haqidagi da’volari munosabati bilan bildirgan.