Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiyadagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 521 nafarga yetdi

Fransiyadagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 521 nafarga yetdi

Fransiyada 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘idagi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun qo‘lga olinganlar soni 521 nafarga yetdi.

Bu haqda poytaxt polisiya prefekturasi ma’lumotlariga tayanib, BFMTV telekanali xabar berdi.

Ulardan 251 nafari Parijda hibsga olingan. Ulardan qanchasi hibsda qolgani aniqlanmagan. Avvalroq mamlakat bo‘ylab 473 kishi qo‘lga olingani, ulardan 339 nafari hibsda qoldirilgani xabar qilingandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tajovuzkor namoyishchilar bilan to‘qnashuvda 13 nafar huquq-tartibot xodimi yaralangan.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo chorshanba kuni kechqurun o‘tkazilgan matbuot anjumanida hukumat siyosatiga qarshi namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab deyarli 200 000 kishini jalb qilganini aytdi. Shuningdek, u huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakat bo‘ylab turli ob’ektlar, jumladan, yo‘l kesishmalari va omborlarni “to‘siqdan chiqarish” bo‘yicha 50 ga yaqin operasiya o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat “mamlakatni to‘smoqchi bo‘lganlarning muvaffaqiyatsizligiga erisha olgan”.

Hozirga qadar polisiya Parijdagi Respublika maydonidan so‘nggi namoyishchilarni tarqatib yubordi. Kun davomida Fransiya poytaxtida namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida bir necha to‘qnashuv sodir bo‘lib, ikkinchisi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Mamlakatning Nant, Renn, Lion, Monpele va boshqa bir qancha shaharlarida ham tartibsizliklar qayd etilgan.

Kiritildi: 09:50 11.09.2025. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!