Indo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik vaziyatining nomustahkamligi va Xitoy tomonidan harbiy tahdidlarning kuchayishi munosabati bilan Yaponiya zamonaviy janglarda muhim rol o‘ynayotgan barqaror parvoz qiladigan dronlarga investisiya kiritishni rejalashtirmoqda.
The Mainichi gazetasiga ko‘ra, Yaponiya mudofaa vazirligi 2026 moliyaviy yili uchun 670 million dollar ajratishni ko‘zlamoqda va ikki turdagi BPLAlarni — Isroilning Heron 2 va Turkiyaning Bayraktar TB2 modellarini baholamoqda.
✈️ Heron TP — Israel Aerospace Industries (IAI) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MALE klass BPLA, 45 soatdan ortiq havoda bo‘lish qudratiga ega, taxminan 10 000 metr balandlikka chiqadi va 490 kg gacha yuk tashishi mumkin.
✈️✈️ Turk Bayraktar TB2 esa yengilroq taktik dron bo‘lib, jang maydonida sinovdan o‘tgan. U 20 soatdan ortiq havoda turishi, 16 000 fut balandlikka chiqishi va 150 kg yukni ko‘tarishi mumkin.
TB2ning past ekspluatasiya xarajatlari, kichik logistika talablari va tez joylashtirish imkoniyatlari Yaponiya kabi orollar tizimlariga ega davlatlar uchun juda jozibadordir. Ayniqsa, TB2ning kichik uchish-qo‘nishi yo‘lakchalaridan foydalanishi va Ryukyu orollarida tezkor harakatlanishi strategik afzallik beradi.
2024 yil 11 avgustda Yaponiyaning ta’lim flotining komandiri kontr-admiral Takaxiro Nisiyama va yapon floti delegasiyasi Baykar milliy texnologik markaziga tashrif buyurdi.
🤝 Isroil va Turkiya tomonidan lisenziyali ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va Kawasaki hamda Subaru kabi yirik yapon kompaniyalari bilan birgalikda foydalanish yukini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorlik bildirildi.