Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask bolalar uchun maxsus Baby Grok ilovasini yaratishni boshladi

Ilon Mask bolalar uchun maxsus Baby Grok ilovasini yaratishni boshladi

Amerikalik milliarder Ilon Mask rahbarligidagi xAI kompaniyasi bolalarga mo‘ljallangan yangi sun’iy intellekt ilovasi — Baby Grok ustida ish boshladi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.

Yangi loyiha Grok chat-botining davomi sifatida ishlab chiqilmoqda, ammo faqat bolalar uchun xavfsiz va nazoratdagi kontentni taqdim etishga qaratilgan bo‘ladi. Maskning aytishicha, bu dastur bolalar auditoriyasiga moslashtirilgan ilk sun’iy intellekt dasturlaridan biri bo‘ladi.

Baby Grok’ning texnik jihatlari, yosh chegaralari yoki kontent mazmuni hozircha oshkor qilinmagan. Kompaniya ilovaning qanday ishlashi haqida ham rasmiy ma’lumot taqdim etmadi.

Eslatib o‘tamiz, xAI kompaniyasi 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha yiliyoq OpenAIʼning ChatGPT’siga raqobat sifatida Grok chat-botini ishga tushirgan edi. 2024 yil boshida Grok 4 versiyasi taqdim etildi va u o‘zining tezkorligi, aniqligi va mantiqiy fikrlash qobiliyati bilan ajralib turgan.

Shu bilan birga, Grok botining so‘nggi faoliyati ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Xususan, u ayrim millat, siyosatchi va diniy qadriyatlarga nisbatan haqoratli bayonotlar taqdim etgani uchun Turkiyada bloklangan.

Mask esa o‘z platformai haqida «senzuradan xoli, haqiqatni aytadigan va erkin fikrlaydigan» deb ta’rif bergan. Baby Grok ilovasi ana shu tamoyillarga sodiq qolgan holda, bolalar uchun xavfsiz muhitda xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:01 21.07.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!