Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Kamp Nou» ta’mirida kechikkan Limak 202 mln yevro jarima to‘laydi

«Kamp Nou» ta’mirida kechikkan Limak 202 mln yevro jarima to‘laydi

«Barselona» klubining stadion qurilishidagi muammolar sabab «Limak Holding» katta miqdorda jarimaga tortiladi. Qurilish vaqtida bitmagani uchun stadion YECHLdagi 4ta muhim o‘yinni qabul qila olmaydi.

Turkiyaning «Limak Holding» kompaniyasi «Kamp Nou» stadionini belgilangan muddatda topshirolmagani uchun 202 million yevro miqdorida jarima to‘lashi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

2023 yil 31 yanvarda Barselona klubi stadionni qayta qurish ishlarini rasman «Limak Holding»ga topshirgan edi. Kompaniyani Turkiya futbol federasiyasining sobiq raisi Nihat O‘zdemir boshqaradi. Loyiha joriy mavsum boshiga qadar yakunlanishi kerak edi, ammo qurilishdagi kechikishlar va ruxsatnoma masalalari tufayli topshirish muddati o‘zgardi.

Kamp Nouda 10 avgust kuni o‘tishi kerak bo‘lgan Joan Gamper kubogi uchrashuvi ham boshqa stadionga ko‘chirildi. Chunki stadion hali qurilib bitmagan va shahar kengashidan zarur lisenziyalar ham olinmagan. Bu esa «Barselona» klubini katta muammoga duchor qildi: UYEFA qoidalariga ko‘ra, klub Chempionlar Ligasidagi barcha ilk bosqich o‘yinlarini bir xil stadionda o‘tashi shart. Shu bois, 16 sentyabrda boshlanadigan guruh bosqichining 4ta uchrashuvi boshqa maydonlarda bo‘lib o‘tadi.

Klub prezidenti Joan Laporta bu masalada avvaldan ogohlantirgan edi: agar 2025–2026 yilgi mavsum boshigacha stadion kamida 70 foiz tomoshabin sig‘imiga yetib tayyor bo‘lmasa, «Limak Holding» moliyaviy jazoga tortiladi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, qurilish belgilangan muddatdan kech bitsa, har bir kechikkan kun uchun kompaniya jarima to‘laydi. Marca ma’lumotiga ko‘ra, stadion 29 noyabrda ochilishi kutilmoqda va shu kechikkan kunlar uchun Limak 202 mln yevro to‘lashi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Limak Holding» Turkiyada va xalqaro miqyosda eng ko‘p davlat buyurtmalarini olgan beshta kompaniyadan biri hisoblanadi. U mahalliy tenderlarda milliardlab dollarlik loyihalarni qo‘lga kiritgan va keyinchalik xalqaro qurilish bozorida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.

Kiritildi: 16:40 21.07.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!