Axborot agentligining ma’lum qilishicha, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar bosqichi joriy haftaning oxirida Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
"Gap haftaning oxiri haqida bormoqda, aniq sanalar aniqlashtirilmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Avvalroq Independent gazetasining turk tilli versiyasi diplomatik manbalariga tayanib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 23 yoki 24 iyul kunlari o‘tkazilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.