Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya ham Oyda baza qurmoqchi

Janubiy Koreya ham Oyda baza qurmoqchi

Koreya Aerokosmik boshqarmasi (KASA) yangi milliy kosmik tadqiqot strategiyasini e’lon qildi.

The Korea Times’ning yozishicha, ushbu reja doirasida mamlakat 2045 yilgacha Oyda ilk iqtisodiy bazani barpo etishni maqsad qilgan.

Kosmik tadqiqotlar yo‘l xaritasi:

– 2040 yilgacha Oy logistikasiga xizmat qiluvchi qo‘nuvchining yaratilishi rejalashtirilgan.

– 2045 yilgacha to‘laqonli Oy bazasi quriladi — u resurslardan foydalanish va harakatlanish texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.

– Reja kosmosda iqtisodiy faoliyatni boshlab beruvchi muhim qadamlardan biri sifatida qaralmoqda.

Shuningdek, 2035 yilgacha Quyosh faoliyatini kuzatadigan sun’iy yo‘ldoshni Lagrange L4 nuqtasiga uchirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:20 21.07.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!