Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Iyun – Izroil armiyasi uchun eng yo‘qotishli oy bo‘ldi

Iyun – Izroil armiyasi uchun eng yo‘qotishli oy bo‘ldi

📌 2025 yil iyun oyi Isroil armiyasi uchun yil boshidan beri eng ko‘p yo‘qotishlarga olib kelgan davr bo‘ldi. Isroilning Yedioth Ahronoth nashri ma’lum qilishicha, shu oyda Gazo sektorida 20 nafar harbiy halok bo‘lgan. Garchi shu oyda Eron bilan keskin ziddiyat ham kuzatilgan bo‘lsa-da, asosiy yo‘qotishlar XAMAS bilan to‘qnashuvlarda sodir bo‘ldi. 24 iyun kuni Xan-Yunus shahrida bo‘lib o‘tgan jangda 15 harbiy halok bo‘lgan.

🪖 Iyul oyi ham Isroil armiyasi uchun yo‘qotishlar bilan boshlandi. Gazo sektori shimolida 7-bronetankoviy brigada tankisti, Rexovot shahrilik serjant Yaniv Mixalovich qarshi tomonning tankka qarshi raketa zarbasidan halok bo‘ldi. Huddi shu hujumda tank komandiri va yana bir harbiy og‘ir jarohat oldi.

🔻 Boshqa voqeada Shejaye tumanida tankka qarshi raketa zarbasi tufayli «Egoz» maxsus bo‘linmasining bir a’zosi ham og‘ir jarohatlangan.

📍 O‘tgan hafta Isroil armiyasi PUMA bronetransportyori portlatilganini tasdiqladi. Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan yetti harbiy yonib halok bo‘lgan — chunki mashinani o‘chirishning iloji bo‘lmagan.

📊 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan beri Isroil armiyasining umumiy yo‘qotishlari quyidagicha:

  • 881 nafar halok bo‘lgan;

  • 6 032 kishi jarohat olgan;

  • Jami — 6 913 nafar harbiy yo‘qotilgan.

⚠️ Biroq sobiq bosh vazir va muxolifat yetakchisi Yair Lapid hukumatni haqiqiy yo‘qotishlar sonini kamaytirib ko‘rsatishda ayblagan edi.

Kiritildi: 08:23 03.07.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!