2025 yil 2 iyuldan boshlab yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliqlari soliq organlari xabarnomasi asosida agregatorlar (soliq agentlari) tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Bu orqali fuqarolar soliq hisob-kitoblari va hisobotlarini topshirishdagi ovoragarchiliklardan xalos bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy yil davomida 189 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.
Hozirda 208 ta onlayn-taksi agregatorlari soliq organlari axborot tizimiga to‘liq ulangan bo‘lib, ular orqali 430 mingdan ortiq haydovchi xizmat ko‘rsatmoqda. Agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.