Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab to‘liq hajmdagi qurilish ishlari rasman boshlandi

Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab to‘liq hajmdagi qurilish ishlari rasman boshlandi

O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegasiyasi joriy yilning 30 iyun kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatiga tashrif buyurib, Farg‘ona va Qo‘sh-Dobo tonnellarini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Bu haqda Vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur tonnellar «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishining asosiy inshootlari hisoblanadi. Har bir tonnelning uzunligi 12 km.dan oshadi.

Shuningdek, ishchi guruh Makmal temir yo‘l stansiyasi o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi stansiya loyihasi va qurilish maydoni hamda Yangi Jalolobod temir yo‘l stansiyasi qurilishi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab to‘liq hajmdagi qurilish ishlari rasman boshlandi. Ushbu loyiha eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblanib, temir yo‘llarning 40 foizga yaqini tonnel va ko‘priklar orqali o‘tadi.

Shuningdek, vazir I.Mahkamov Qirg‘iziston Transport va kommunikasiyalar vaziri o‘rinbosari A.Turgunbayev, «Qirg‘iz Temir Jolu» Milliy kompaniyasi Bosh direktori o‘rinbosari N. Arapbayev, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘l kompaniyasi bosh direktori Chjou Sin va EPC pudratchi tashkilotining bosh direktori Chjan Ey Tao ishtirokida qurilish jarayonining borishini muhokama etib, tegishli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Kiritildi: 17:06 02.07.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!