Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi

Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Boku shahriga yetib bordi.

Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston yetakchisi Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi.

Bugun ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar, «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yadilar va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradilar.

Ertaga Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperasiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan.

Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024 yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.

Kiritildi: 15:53 02.07.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!