30 iyun kuni, soat 12:50 da Jarqo‘rg‘on tumanidagi nasos stansiyasidagi quvurning yorilib ketishi natijasida yuqori bosimdagi suv otilishi kuzatilgan.
Darhol 3 ta nasos agregati faoliyati to‘xtatilgan va tahlil brigadasi tezkor tadbirlar ko‘rgan. To‘liq ta’mirlash ishlari 21:00 da yakunlangan, 21:20 da nasos agregatlari qayta ishga tushirilgan.
Yuzaga kelgan holat natijasida atrofdagi xonadonlarga va nasos stansiyasiga zarar yetmagan. Hozirda nasos agregatlari odatdagi ish tartibida faoliyat ko‘rsatmoqda, deb xabar qildi Surxondaryo viloyat hokimligi.