Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayhan Hojizoda Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyning Ozarbayjonda rossiyalik ijodkorlar konsertlarining bekor qilinishiga oid tanqidiy bayonotiga javob berdi. Rasmiy bayonot vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Hojizodaning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Shvidkoyning so‘zlarini maqbul deb hisoblamaydi. Shuningdek, u mamlakat hukumati rossiyalik yulduzlarning Boku va boshqa shaharlarda chiqishlari bekor qilinishiga munosabatan bu harakatni to‘g‘ri va munosib deb bilayotganini qayd etdi.
«Rossiya madaniy tadbirlarining bekor qilinishi "Ozarbayjonning madaniy manzarasini kambag‘allashtiradi" degan gaplar hayrat uyg‘otadi. Biz Basta kabi qo‘shiqchilarning konsertlari madaniy muhitimizni kambag‘allashtiradi, deb o‘ylamaymiz», — deyiladi bayonotda.