Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 802,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.