Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portal ishga tushirildi

Dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portal ishga tushirildi

Dala yong‘inlarining tabiiy muhitga katta zarar yetkazishini ko‘pchilik biladi, ammo bu haqda qayerga va kimga murojaat qilishni bilmaydi. Shu bois, “O‘zbekkosmos” dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portalni ishga tushirdi.

Endilikda fuqarolar respublikada qaysi hududda dala yong‘inlari sodir bo‘layotgani, uning manzili va hajmi bo‘yicha ochiq portali orqali to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Qolaversa, “O‘zbekkosmos” shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida maxsus _@UzCosmos_Yongin_bot ni ham ishga tushirdi.

U orqali dala yong‘inlariga guvoh bo‘lganlar real vaqt rejimida suratlar va manzillarni agentlikka yuborishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda 5350 gektar yer o‘zboshimchalik bilan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 18:29 01.07.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!