Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

“O‘rikzor” bozori faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

“O‘rikzor” bozori faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani O‘rikzor “Stroy gorod” qurilish bozori bo‘yicha tarqalgan xabarga munosabat.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Uchtepa tumani Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan O‘rikzor “Stroy gorod” qurilish bozori o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan uzilganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Aslida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan, “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MCHJga qarashli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklarni va qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi 2025-yil 13-iyun kungi 4-1001-2504/48104-sonli iqtisodiy ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarorga asosan, joriy yilning 27-iyun kunidan “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MCHJga qarashli savdo kompleksi (qurilish mahsulotlari bozori) Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan, aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklarini qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar, ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, har qanday asossiz xabarlarga ishonmang. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan, noqonuniy korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi FVV 1101 ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar bering, xabar bergan barcha fuqarolarning shaxsi sir saqlanishiga kafolat beriladi.

Kiritildi: 18:18 01.07.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!