Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiyada anomal issiqlik sababli 1350 taga yaqin maktab vaqtincha yopildi

Fransiyada anomal issiqlik sababli 1350 taga yaqin maktab vaqtincha yopildi

Fransiyada kuchli issiq havo oqibatida taxminan 1350 ta maktab o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatlar ma’lum qildi.

Aytishlaricha, ba’zi ta’lim muassasalari to‘liq yoki qisman bir kunga yopilgan. Bu qaror mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan ob-havo sharoiti bilan bog‘liq.

Fransiyaning Meteor-France meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 16 ta departamentda (jumladan Parijda) qizil xavf darajasi e’lon qilingan, 68 ta departamentda esa apelsin (oranjeviy) daraja kuchda qolmoqda.

Kun davomida havo harorati 20°Sdan 41°Sgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, kuni kecha ham shu sababli 750 ta maktab yopilgan edi.

Kiritildi: 15:51 01.07.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!