Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Shvesiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 180 million dollar ajratdi

Shvesiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 180 million dollar ajratdi

Shvesiya hukumati dunyodagi o‘zgaruvchan geosiyosiy vaziyatni inobatga olgan holda tashqi iqtisodiy yordam siyosatini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu doirada mamlakat Ukrainaga 1,67 milliard shved kroni (taxminan 180 million dollar) miqdorida qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratadi.

Bu haqda mamlakat hukumati kansleri matbuot xizmatiga tayanib, "Report" va TASS axborot agentliklari xabar bermoqda.

Tashqi savdo va xalqaro taraqqiyot vaziri Benjamin Dyusa bildirishicha:

"AQSh tomonidan ko‘makning bir qismini to‘xtatish bo‘yicha qabul qilingan qaror dunyoning ko‘plab mintaqalarida vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shuning uchun Shvesiya 2025 yil uchun mo‘ljallangan yordam byudjetiga tubdan qayta yondashmoqda. Bizning ustuvorligimiz — Ukrainaga yordam berish."

Shuningdek, Shvesiya hukumati Afg‘oniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik dasturlarini va Osiyo hamda Okeaniya mamlakatlari bilan mintaqaviy hamkorlik strategiyalarini bosqichma-bosqich tugatish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bu qarorlar Shvesiyaning global yordam siyosatidagi ustuvorliklarini yangilash va samaradorlikni oshirish maqsadida qabul qilingan.

Kiritildi: 15:05 01.07.2025. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!