Tehron BMTdan ikki davlatni bosqinchilik harakati tashabbuskori sifatida tan olishni va ularning javobgarligini, jumladan, tovon to‘lashini talab qilib murojaat qildi.
Eron BMTdan Isroil va AQShni 12 kunlik urushda aybdor deb tan olishni talab qilmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga yo‘llagan, 29 iyun, yakshanba kuni chop etilgan maktubida yozdi, deb xabar beradi The Guardian.
“Biz Xavfsizlik Kengashidan rasmiy ravishda Isroil rejimi va Qo‘shma Shtatlarni bosqinchilik harakati tashabbuskori sifatida tan olishni hamda ularning keyingi, jumladan, tovon va reparasiya to‘lash bo‘yicha ham javobgarlikni tan olishni so‘raymiz”, deyiladi hujjatda.
Hozircha Isroil va AQShdan bunga rasmiy javob kelmadi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyga nisbatan hurmatsizlik ohangidan voz kechishi kerakligini aytdi.
Ayni paytda Trampning o‘zi, agar Tehron tinch xulq-atvorini namoyon qilsa, Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi, deb xabar beradi korrespondent.net.