Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiyada payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilganlar qamaldi

Turkiyada payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilganlar qamaldi

Turkiyada payg‘ambarimiz Muhammadga (s.a.v.)ga oid karikatura chop etilgan jurnal uchun va diniy qadriyatlarni mazax qilish aybi bilan to‘rt nafar kishi ushlandi Ular orasida satira jurnali direktori ham bor.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan mazkur nashrni qattiq qoralab, uni axloqsiz va Payg‘ambarga nisbatan yumor orqali yashiringan provokasiyali hujum deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat dinga va asrlar davomida turk xalqining asrab-avaylab kelayotgan asosiy qadriyatlariga qarshi nafrat asosida sodir etilgan jinoyatdir.

26 iyun kuni jurnalda chop etilgan karikatura yaqinda bo‘lib o‘tgan Isroil va Eron o‘rtasidagi nizoga ishora qilib, payg‘ambarlar Muhammad (s.a.v.) va Muso alayhissalom tasvirlarini shahar ruinalari ustida qo‘l birlashtirgan holda ko‘rsatgan.

Kiritildi: 13:38 01.07.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!