Eron shimoli-g‘arbida qurilayotgan Tabriz neftni qayta ishlash zavodining bloklaridan birida azot bakining portlashi sodir bo‘ldi.
Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar berdi.
Materialda aytilishicha, hodisa tufayli atrofda quyuq tutun ko‘zga tashlanmoqda. Hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan, zavod odatdagidek ishlashda davom etmoqda.