Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari sababli Izmirdagi aeroport faoliyatini vaqtinchi to‘xtatdi

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari sababli Izmirdagi aeroport faoliyatini vaqtinchi to‘xtatdi

Turkiyadagi Izmir xalqaro aeroporti viloyatda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari sababli parvozlarni to‘xtatdi.

Bu haqda Milliyet gazetasi xabar bermoqda.

"Adnan Menderes" aeroporti Gaziyemir tumanidagi yong‘in zonasi yaqinida joylashgan. Davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari, tutun va o‘t o‘chirish samolyotlarining ishi tufayli aeroport samolyotlarni qabul qilish va qo‘ndirishni to‘xtatdi. Izmirga kelgan ba’zi reyslar boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi. Yong‘in nazoratga olinganidan keyin parvozlar odatdagidek davom etishi kutilmoqda.

Aeroportning onlayn bortida ba’zi rejalashtirilgan reyslar kechiktirilgan deb ko‘rsatilgan, ko‘plari bekor qilingan.

Izmir gubernatori Sulaymon Elban mintaqaning uchta tumanida katta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Yong‘in aholi yashash joylariga yetib borgan bir qancha tumanlar evakuasiya qilingan. Yong‘inni o‘chirish uchun 1,1 ming o‘t o‘chiruvchi, oltita samolyot, 23 ta suv tashish mashinasi, buldozerlar jo‘natildi. Tezligi soatiga 70 dan 117 km gacha o‘zgarib turadigan kuchli shamollar tufayli yong‘in o‘chirish samolyotlarining ishlashi va muntazam ravishda suv tushirishi qiyin.

Kiritildi: 07:12 30.06.2025. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!