Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt Eron bilan 12 kunlik urushdan keyin Isroilga tashrif buyurgan birinchi germaniyalik siyosatchisi bo‘ldi.
Germaniya IIVga ko‘ra, mazkur tashrifdan maqsad Isroilga birdamlik bildirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Dobrindtning rejasiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Germaniya-Isroil kiber tadqiqot markazini yaratish hamda dronlarga qarshi kurashish vositalarini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.