Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Eronga hujum rejasini 2010 yildayoq boshlagan

Isroil Eronga hujum rejasini 2010 yildayoq boshlagan

Britaniya nashriga ko‘ra, Isroil Eronning yadroviy dasturiga qarshi hujumni 2010 yildan tayyorlab, uran ob’ektlari va harbiy infratuzilmalarni yillar davomida kuzatib kelgan.

«Times» gazetasining yozishicha, Isroil Eronning yadroviy dasturiga qarshi operasiyaga 2010 yildayoq tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Razvedka manbalari ma’lumotlariga asosan, Isroil agentlari Tehron, Isfahon va Natanzdagi ob’ektlarda yillar davomida faoliyat yuritgan.

Gazeta yozishicha, Isroil maxsus xizmatlari uranni boyitish sentrifugalari joylashgan ob’ektlar, elektr ta’minoti infratuzilmalari va ventilyasiya shaxtalarini aniqlab, ularga zarba bergan. Nishonlar qatorida tadqiqot markazlari va transformator stansiyalari ham bo‘lgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Eron har oyda mingta «er-er» turidagi raketa ishlab chiqarish orqali sakkiz mingta raketa zaxirasini to‘plashni rejalashtirgan. Operasiya vaqtida Tehronda 2-2,5 mingta ballistik raketa mavjud bo‘lgan.

Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronning yadroviy dasturiga qarshi operasiya boshlab, atom ob’ektlari, generallar va havo bazalariga zarba bergan. Eron bu ayblovlarni rad etib, javob zarbalari bilan qarshi hujumga o‘tgan.

22 iyunga o‘tar kechasi AQSh Eron yadroviy ob’ektlariga bir martalik zarba berdi. Shuningdek, 23 iyun kuni Eron Qatardagi AQSh bazasiga raketalar yo‘lladi va vaziyatni kuchaytirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini va mintaqada tinchlikka umid paydo bo‘lganini aytdi.

Kiritildi: 16:42 29.06.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!