Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Husanov qariyb uch oydan buyon ilk bor "Manchester Siti"da o‘ynadi

Husanov qariyb uch oydan buyon ilk bor "Manchester Siti"da o‘ynadi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov uzoq vaqtdan buyon ilk bor maydonga tushdi.

21 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinda "shaharliklar"ning asosiy tarkibidan joy oldi. O‘zbekiston vakili 61-daqiqagacha o‘ynadi va sariq kartochka olishga ulgurdi, shundan so‘ng u Oskar Bobb bilan almashtirildi. Bu vaqtda ingliz grandi 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Shu kungacha Abduqodir Husanov "Manchester Siti" safida deyarli uch oydan buyon o‘ynamayotgan edi. Markaziy himoyachimizning avvalgi o‘yini 30 martga to‘g‘ri keladi - o‘shanda Xosep Gvardiola jamoasi Angliya kubogida "Bornmut"ni mag‘lub etgandi (3:0).

Kiritildi: 09:30 23.06.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!