Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Vashington Erondagi yadroviy ob’ektlar to‘liq yo‘q qilinganiga 100% ishonch hosil qilmagan

Vashington Erondagi yadroviy ob’ektlar to‘liq yo‘q qilinganiga 100% ishonch hosil qilmagan

"Biroq Qo‘shma Shtatlarning zarbalari Tehron tomonidan yadroviy qurol yaratilishini “jiddiy ravishda” kechiktirdi. AQSh Eronga zarbalar bergan bo‘lsa-da, ushbu davlat bilan urush holatida emas. Vashington tinchlikni istaydi, shu bilan birga, respublikada yadroviy dastur bo‘lishini xohlamaydi", — dedi vise-prezident.

Vens Tramp ma’muriyati Eronda amalga oshirilgan operasiya vaqtida birorta ham amerikalik uchuvchi jabrlanmaganidan faxrlanishini alohida urg‘uladi.

AQSh vise-prezidentining ta’kidlashicha, Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini to‘xtatishga urinishi Eron iqtisodiyoti uchun “o‘zini yo‘q qilish”ga teng bo‘ladi.

"Ularning butun iqtisodiy faoliyati Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshadi. Agar ular buni yo‘q qilmoqchi va jahon iqtisodiy inqirozini keltirib chiqarmoqchi bo‘lsa, bu ularning tanlovi", — dedi Vens.

Bundan tashqari, Vens prezident Tramp "taxminan may oyi o‘rtalarida" Eron bilan muzokaralar samara bermayotgani haqida xulosaga kelgan va Tehronga ochiq bo‘lmagan, lekin aniq ultimatumlar yuborgan.

Bundan tashqari, vise-prezidentning aytishicha, Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning taqdiri masalasini Isroil hal qiladi.

"Biz Eronda rejim almashishini istamaymiz. Biz bunga urinib ham ko‘rmaganmiz. Qo‘shma Shtatlar faqat Eron yadroviy dasturdan xalos bo‘lishni xohlaydi", — dedi Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington mojaroni hal etishning ikki yo‘li bor, deb hisoblaydi: birinchisi “yomon yo‘l” — Eron terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Ikkinchisi — Eron xalqaro hamjamiyatning bir qismiga aylanadi va yadroviy qurol yaratishni to‘xtatadi.

Shuningdek, siyosatchi AQSh Eronda yer usti amaliyoti o‘tkazish yoki uzoq vaqt davom etuvchi mojarodan ishtirok etishdan manfaatdor emasligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 06:54 23.06.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!