Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Yevropada harbiy operasiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Zelenskiy

Rossiya Yevropada harbiy operasiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, Kiyev Rossiyaning Yevropada harbiy operasiyalar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganiga oid dalillarga ega.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya iqtisodiyotiga qaratilgan sanksiyalar natijasida yetkazilayotgan zararlarni kuzatmoqda. Zelenskiy bu holat Kiyevning Rossiyani urushni tugatishga majburlash strategiyasi to‘g‘ri ekanini tasdiqlashini ta’kidladi.

«Razvedkamiz olgan ma’lumotlar bo‘yicha hamkorlarimizni xabardor qilib boramiz. Britaniya va Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda umumiy himoya qarorlarini tayyorlayapmiz», — deb yozdi Zelenskiy.

Kiritildi: 21:57 22.06.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!