Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Eronning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

NBC telekanali Oq Uy va AQSh mudofaa vazirligi manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh Eronning yadroviy ob’ektlarga qilingan amerikalik zarbalariga javoban tez orada zarba berishini kutmoqda. Shu sababli Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalari oldindan hujumlarga qarshi tayyorgarlik ko‘rgan.

Manbalarga ko‘ra, hozircha Eronning javoban qanday ob’ektlarga zarba berishini aniqlash qiyin — ular xorijdagi yoki AQSh ichidagi ob’ektlarga, yoki har ikkalasiga ham yo‘naltirilishi mumkin. Vashington 22 va 23 iyun kunlari, ya’ni kelayotgan 48 soat mobaynida — hujumlarga qarshi maksimal tayyorgarlik ko‘rish zarur deb hisoblamoqda.

NBC’ning avvalroq ma’lum qilishicha, ikki mustaqil manba Eron Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiy bazalar va diplomatik vakolatxonalarga zarba berish rejasini ishlab chiqqan, ammo uni yaqin vaqtlarda amalga oshirish belgilarini kuzatishmadi. Amerika bazalari esa bir necha oy oldindan maksimal jangga tayyorlik holatiga o‘tkazilgan.

Kiritildi: 18:13 22.06.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!