Isroil mudofaa kuchlari Erondan yangi raketa uchirilganini e’lon qilib, ular tutib olinayotganini aytdi.
"Isroil bir muncha vaqt oldin raketalarni aniqlagan. Mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish ustida ishlamoqda", - deyiladi Isroil armiyasi "Telegram" kanalida.
Keyinroq armiya Isroil shimolida havo hujumi sirenalari ishga tushirilgani haqida xabar berdi.