Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Tashqi ishlar vazirligi: "Eronga qilayotgan hujumlarimiz Yevropa xavfsizligiga yordam beradi"

Isroil Tashqi ishlar vazirligi: "Eronga qilayotgan hujumlarimiz Yevropa xavfsizligiga yordam beradi"

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Kaya Kallas bilan telefon orqali suhbatda Isroilning Eronga zarbalari "Evropa xavfsizligiga hissa qo‘shishini" aytdi va ularning davom etishini e’lon qildi.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

"Men Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallasni Isroilning Erondagi operasiyasi va Isroildagi tinch aholi qurbonlari haqida ma’lumot berdim. Men Isroilning Eron yadroviy dasturi, uning ballistik raketalari va uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan bog‘liq harakatlari Yevropa xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa qo‘shishini ta’kidladim”, — deyiladi nashr.

“Alohida ta’kidladimki, biz ishni tugatmadik va uni yakunlash uchun harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Vazir, shuningdek, suhbatdoshining e’tiborini "Isroil hujum qilayotgan harbiy nishonlar va Eronning yahudiy davlatidagi tinch aholiga ataylab va noqonuniy zarbalari o‘rtasidagi farqga" qaratganini ta’kidladi.

Kiritildi: 06:12 17.06.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!