Isroil tarixidagi eng ko‘p xizmat qilgan bosh vazirning siyosiy faoliyati uning shaxsiy missiyasi — Islomiy Respublika Erondan kelayotgan tahdidlar haqida dunyoga ogohlik berish bilan belgilangan. Buni u BMTda namoyon qilgan bomba tasvirli karikaturadan tortib, so‘nggi 20 oyda bo‘lib kelayotgan yonib turgan mintaqaviy urush paytida takror-takror aytgan: "Eng katta tahdid — Eron."
Amerika prezidentlari va hatto Netanyaxuning o‘z generallari ham yillar davomida uni Eronning yadroviy ob’ektlariga harbiy zarba berish qaroridan bir necha marta qaytarishgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga bunday hujum uchun "yashil chiroq" (ya’ni to‘liq ruxsat) bermaganini aytgan. Lekin "sariq chiroq" (aniq ruxsat emas, lekin qarshi emaslik) kabi ko‘rinishi ham yetarli bo‘lgan ko‘rinadi.
Bir g‘arb rasmiysining ta’riflashicha: "Endi u (Netanyaxu) bu o‘yinga to‘liq kirdi". Uning ta’kidlashicha, Isroilning asosiy maqsadi — Eronning yadroviy dasturini falajlash.
Bu qaror mintaqadagi ko‘plab davlatlar tomonidan qoralandi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi ham ta’kidlagan:
"Men qayta-qayta aytganman: yadroviy inshootlarga hech qanday sharoitda hujum qilinmasligi kerak."
Harbiy zarbalar xalqaro huquqqa zid ekani haqida ko‘plab yuridik mutaxassislar ham tanqid qilmoqda.
Biroq bugungi kunda ko‘pchilik shunday savolni o‘rtamoqda: Isroil bosh vaziri o‘z maslahatchilari va ittifoqdoshlari bilan bir xil maqsadni ko‘zlayaptimi?
Chatem Xaus tahlil markazining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha dasturi direktori doktor Sanam Vakilga ko‘ra:
"Netanyaxu shaxsan rejimni o‘zgartirish g‘oyasiga bor kuchi bilan intilmoqda, ammo Isroilning siyosiy va harbiy rahbariyatining maqsadi — Eronning yadroviy dasturini jiddiy ravishda orqaga surishdir."
U qo‘shimcha qiladi:
"Ikkinchi maqsad juda qiyin, lekin amalga oshirilishi mumkin. Birinchi maqsad esa, ayniqsa qisqa va tez kuchayayotgan mojaroda, juda mushkul."