Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron va Isroil hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Eron va Isroil hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni qat’iy tavsiya qiladi:

• Harbiy va boshqa davlat ob’ektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video tasvirga olmaslik;
• Odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroqda bo‘lish;
• Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga so‘zsiz rioya qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yo‘l olish.

Aziz fuqarolar, zarurat tug‘ilganda mamlakatimizning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanishingiz so‘raladi.

Erondagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan aloqa ma’lumotlari:
📞 Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
📧 Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

Isroildagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan aloqa ma’lumotlari:
📞 Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
📞 Shoshilinch murojaatlar uchun: +972 (54) 485-1397
📧 Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda zaruratga qarab qo‘shimcha axborot taqdim etadi.

Kiritildi: 23:59 16.06.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!