Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron-Isroil mojarosida diplomatiyaga o‘rin qoldimi?

A A A
Eron-Isroil mojarosida diplomatiyaga o‘rin qoldimi?

Tehron va Tel-Aviv o‘qqa tutilmoqda Isroil va Eron raketa hujumlarini kuchaytirmoqda.

Tehronda so‘zsiz "urush," Tel-Avivda esa "harbiy kampaniya" deb atalayotgan Eron-Isroil mojarosida diplomatiyaga o‘rin qoldimi?

Bugungi kun tartibiga qo‘yilgan, lekin javobi topilmagan asosiy masala ham shu bo‘lsa kerak. Mojaroning ikkala tomoni ham muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor, ammo faqat o‘z shartlari asosida, tamoyillardan voz kechmasdan. Eron va Isroil rasmiylari nuqtai nazaridan, hozirgi bosqichda tan olingan inson yo‘qotishlari ko‘lami jangovar harakatlarni to‘xtatish uchun unchalik muhim emas.

Tel-Avivda 24 kishi halok bo‘lgani va yahudiy davlatining 592 nafar fuqarosi turli darajadagi jarohatlar olgani rasman tan olingan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 1,5 mingga yaqin tinch aholi kasalxonaga yotqizilgani va 224 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:45 16.06.2025. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!