Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy va Tramp Kanadada uchrashadi

Zelenskiy va Tramp Kanadada uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadaning Alberta provinsiyasida «Katta yettilik» sammiti doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Oq uyda rasman ma’lum qilindi.

Sammit bir kun avval boshlangan va 17 iyungacha davom etadi. Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Zelenskiy seshanba kuni Kanadaga yetib borishi kutilmoqda.

2025 yil boshidan buyon Tramp va Zelenskiy ikki marta uchrashgandi. Ularning birinchi uchrashuvi Oq uyda 28 fevral kuni, Zelenskiy yer osti boyliklari bo‘yicha kelishuvni imzolash uchun kelganida bo‘lib o‘tgan. Ammo prezidentlar uchrashuvining boshidayoq jurnalistlar ko‘z o‘ngida og‘zaki tortishuv bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Zelenskiy Vashingtonni tark etdi, kelishuv imzolanmay qoldi, Tramp esa bir necha kunga Ukrainaga harbiy va razvedka yordamini to‘xtatib qo‘ydi.

Amerikaning Newsmax telekanaliga bergan va 14 iyun kuni e’lon qilingan intervyusida Zelenskiy Moskva va Vashington o‘rtasidagi muloqotni «juda iliq suhbat» deb ta’rifladi va «Putin urushni tugatishni istamaydi va oxir-oqibat Trampni aldaydi», degan fikrni bildirdi.

Kiritildi: 23:06 16.06.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!