Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jennifer Lopes konsertini tadbirkorlar moliyalashtiryaptimi?

Jennifer Lopes konsertini tadbirkorlar moliyalashtiryaptimi?

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi vakiliga ko‘ra, Jennifer Lopesning 7 avgust kuni Toshkentda bo‘ladigan konserti uchun davlat mablag‘i sarflanmaydi. Barcha xarajatlar tadbirkorlar tomonidan qoplanadi.

Konsert “Bunyodkor” stadionida o‘tadi. Stadionda oldindan bosim sinovlari o‘tkazilgan va gazon holati qoniqarli deb topilgan.

Jamg‘arma ushbu konsert orqali O‘zbekistonning xalqaro madaniy tadbirlarga tayyorligini namoyish etmoqchi. Kelgusida Jennifer Lopes darajasidagi yoki undan ham mashhur xalqaro yulduzlarni olib kelish rejasi bor.

Ma’lumot o‘rnida: konsert chiptalarining 40 foizi 35 dan ortiq davlat fuqarolari tomonidan sotib olingan.

Kiritildi: 22:05 16.06.2025. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!