WSJ nashrining Yaqin Sharq va Yevropadagi rasmiylarga tayanib yozishicha, Eron arab davlatlaridagi vositachilar orqali Isroil va Qo‘shma Shtatlarga janglarni to‘xtatish hamda yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash istagini bildirmoqda.
The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Tehron vositachilarga agar Vashington Isroilning harbiy harakatlariga qo‘shilmasa, muzokaralarga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Eron, shuningdek, Isroilga ham zo‘ravonlikni cheklash har ikki davlat manfaatlariga mos ekanini bildirgan.
"Biroq Isroil samolyotlari Tehron osmonida erkin harakatlanayotgani va Eronning javob zarbalari sezilarli zarar yetkazmayotgani bois, Isroilning hujumlarni to‘xtatishi ehtimoli deyarli yo‘q.