U yerda prezident "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi.
Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Szinpin bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqishadi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishadi.
Sammit doirasida Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.