Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda ko‘prik qulashi natijasida sayyohlar halok bo‘ldi

Hindistonda ko‘prik qulashi natijasida sayyohlar halok bo‘ldi

Maxarashtra shtatining Puna shahrida ko‘prik qulashi oqibatida to‘rt nafar sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda shtat bosh vaziri Devendra Fadnavis ma’lum qildi, deya xabar beradi NDTV.

Qulash oqibatida yana bir necha kishi cho‘kib halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 39 kishi qutqarib olingan.

Hodisa yakshanba kuni musson mavsumida ko‘pchilikni o‘ziga tortadigan mashhur sayyohlik joyi — Kundmal hududida sodir bo‘ldi.

Ko‘prik qulab, daryoga qulaganda uning ustida o‘nlab odamlar bo‘lgan. Ulardan ba’zilarini oqim olib ketgani aytilyapti.

Voqea joyiga polisiya va qutqaruv xodimlari, jumladan Milliy ofatlarga qarshi kurash kuchlari (NDRF) yetib kelgan.

Fadnavis vafot etganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini, jabrlanganlarning davolanish xarajatlarini hukumat o‘z zimmasiga olishini aytdi.

O‘sha paytda ko‘prikda bo‘lgan Amol ismli guvohning aytishicha, ko‘prik qulashdan oldin besh daqiqa chayqalgan.

Xabar qilinishicha, mahalliy aholi 4-5 yil avval rekonstruksiya qilingan ko‘prikning mustahkamligidan xavotir bildirgan. Biroq ko‘plab sayyohlar xavfdan bexabar edi.

Kiritildi: 20:15 16.06.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!