Fransiya prezidenti Emmanyuuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgan Rossiyaning Isroil va Eron o‘rtasida vositachilik qilishi g‘oyasiga qarshi chiqdi.
"Rossiya hozirgi kunda katta mojaroda qatnashyapti va BMT qoidalarini buzmoqda, shu bois vositachi bo‘lolmaydi", dedi Makron.
Makron shuningdek, Fransiya Isroilning Eronga hujumlarida ishtirok etmaganini aytib o‘tdi.