Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Qamchiq" dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi

"Qamchiq" dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi

FVV qutqaruvchilari tomonidan "Qamchiq" dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.

Bugun, 16-iyun kuni soat 08:57 da A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Avtomobilda haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: 14:51 16.06.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!