Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransuz deputati: Islamofobik hujumlarning 70–80 foizi hijobdagi ayollarga qaratilgan

Fransuz deputati: Islamofobik hujumlarning 70–80 foizi hijobdagi ayollarga qaratilgan

Parij — Fransiyaning muxolif «Bosh yegmas Fransiya» partiyasi deputati Ersiliya Sude Milliy Assambleyada hijobdagi musulmon ayollarga qarshi islamofobik kampaniyalar ta’sirini o‘rganadigan parlament komissiyasini tuzishni taklif qildi. Deputatning ta’kidlashicha, Fransiyada islamofobiya uzoq va uzluksiz davom etmoqda, ayniqsa, hijobdagi ayollar ko‘proq nishonga olinayotgani qayd etildi.

Sude parlamentda bunday komissiyani tashkil etish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishini, ayniqsa, siyosiy guruhini ishontirishga harakat qilishini ma’lum qildi. U hijobdagi ayollar duch kelayotgan psixologiya bosimini ochib berish va ularning ovozini eshitish muhimligini ta’kidladi.

Ichki ishlar vaziri Bruno Retoning so‘nggi paytlarda sport va universitetlarda hijob taqiqini kuchaytirish haqidagi bayonotlari ham deputat so‘zlarida misol qilindi. Shuningdek, 2025 yilda Fransiya Senati sport musobaqalarida hijob taqiqlanishini ma’qulladi.

Fransiyada 2004 yildan boshlab davlat xizmatchilari va maktab o‘quvchilari uchun hijob taqiqi amal qiladi, 2010 yili esa jamoat joylarida niqob kiyish ham taqiqlangan. Ijtimoiy muammolar va huquqiy bahslar davom etmoqda.

Evropaning Islamofobiyaga qarshi kurash tarmog‘i (CCIE) hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda islamofobik hujumlarning 76 foizi ayollarga qaratilgan.

Deputat Sude bu muammo jamiyatdagi «fashizasiya» kuchayishiga olib kelayotganini aytib, islamofobiyaga qarshi kurashni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:39 16.06.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!