Eron rasmiy bayonotlariga ko‘ra, yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomadan chiqishga tayyorlanmoqda. Hukumat matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat parlamenti bu borada tegishli qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda.
O‘tgan haftada Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eronni yadroviy dasturi tufayli Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzganlikda aybladi.
📌 Bir necha kundan beri Isroil Eronda yadroviy obektlarni yo‘q qilish maqsadida harbiy operasiya olib bormoqda. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, bu aralashuv bo‘lmaganida Eron juda qisqa vaqt ichida o‘z yadroviy bombasini yaratgan bo‘lardi.