Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Parkentda 3 nafar bola basseynda cho‘kib, vafot etdi

Parkentda 3 nafar bola basseynda cho‘kib, vafot etdi

Parkent tumanida uch nafar voyaga yetmagan bola suv havzasida cho‘kib, vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazildi.

Tekshirishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan "Parkentsoy" kanalidagi suv oqim bo‘ylab hosil bo‘lgan, chuqurligi taxminan 2 metrni tashkil etgan, 20*40 m2 o‘lchamdagi suv havzasida ta’qiqlovchi belgilar o‘rnatilmaganligi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmaganligi, yoxud su’niy tashkil topgan suv havzasini bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi aniqlandi.

Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116 (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.

Kiritildi: 12:31 15.06.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!