Transport vaziri Ilhom Mahkamov Kun.uz muxbiriga bildirishicha, 2 apreldagi qaror noto‘g‘ri talqin qilingan. Jurnalistlar bilan uchrashuvda u:
“Qarorni lisenziyalovchi organlar noto‘g‘ri tushungan. Viloyatliklar ham Toshkent shahrida taksi xizmatini ko‘rsata oladi”, — dedi.
Vazirlik matbuot xizmati ham qaror talablarini o‘z vaqtida aniq va to‘g‘ri tushuntirib bera olmaganini tan oldi.
Yaqin kunlarda bu bo‘yicha rasmiy va batafsil ma’lumot taqdim etilishi kutilmoqda.