Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tunberg Isroilni noqonuniy odam o‘g‘irlashda aybladi

Tunberg Isroilni noqonuniy odam o‘g‘irlashda aybladi

Parijga uchib ketayotganda Isroil tomonidan deportasiya qilingan shved faoli Greta Tunbergning aytishicha, Isroil uni va uning sheriklarini G‘azo sektoriga yo‘lda xalqaro suvlarda "noqonuniy ravishda o‘g‘irlab ketgan".

Seshanba kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Madlen bortida G‘azo sektoriga kirmoqchi bo‘lgan Tunberg Isroilning El-Al aviakompaniyasida Parijga uchishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar berdi. Avvalroq Isroil TIV Madlen yo‘lovchilari Isroilning Ben Gurion xalqaro aeroportiga yetib kelgani, ularni o‘z mamlakatlari konsullari kutib olgani haqida xabar berilgandi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida faollarning bir qismi tez orada mamlakatni tark etishi, deportasiya hujjatlarini imzolashdan bosh tortganlar esa jinoiy javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.

"Biz xalqaro suvlarda edik, bizni Isroil tomonidan noqonuniy ravishda o‘g‘irlab ketishdi va bizni irodamizga zid ravishda Isroilga olib ketishdi, u yerda hibsga olishdi. Ba’zilarimiz deportasiya qilindi, ba’zilarimiz hamon o‘sha yerdamiz", dedi Tunberg Parijning "Sharl-de-Goll" aeroportida jurnalistlarga.

Faolning ta’kidlashicha, u va uning hamkasblari falastinliklarga gumanitar yordam yetkazishda "hech qanday xato qilmagan yoki qonunlarni buzmagan".

Kiritildi: 23:31 10.06.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!