Avstriyaning Gras shahridagi maktabga hujum qilgan shaxs qurolga qonuniy egalik qilgan. Bu haqda Shtiriya shtati polisiyasi ma’lum qildi.
"Bizning hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u qurolga qonuniy egalik qilgan. Ya’ni uning qurolga ega bo‘lgan hujjatlari bo‘lgan", - dedi Shtiriya shtati polisiyasi vakili Gerald Otner seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, u polisiya unga nisbatan ilgari hech qanday ogohlantirish olmaganini qo‘shimcha qildi.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining aniqlik kiritishicha, hujum qilgan shaxs 21 yoshda bo‘lgan, u avstriyalik, u shu maktabda o‘qigan, ammo uni tamomlamagan. Polisiya hujumchining sabablarini o‘rganmoqda.